“Tolibon” yana AQSH bilan muzokaralarni boshlaydi
Olam
−
24 noyabr 2021
4122Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati kelasi hafta Qatarda AQSH bilan muzokaralarning yangi raundi boshlanishini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar bergan.
“Keyingi hafta Qatarda Afg‘oniston va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarning yangi raundi boshlanadi”, deyiladi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Afg‘onistondagi siyosiy munosabatlar va iqtisodiy muammolar, shuningdek Doha kelishuvi muhokama qilinadi.
Ta’kidlanishicha, AQSH Davlat departamenti ham kelasi hafta “Tolibon” harakati bilan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlanishini tasdiqlagan.
Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning ta’kidlashicha, Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Tom Uest Dohaga “Tolibon” yetakchilari bilan ikki haftalik uchrashuv o‘tkazish uchun boradi, tomonlar “Afg‘oniston bo‘yicha hayotiy milliy manfaatlar, jumladan, terrorizmga qarshi kurash” masalalarini muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari AQSH rasmiylari bilan “Tolibon” harakati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi