“Tolibon” vakili AQSHdan yordam so‘radi

Olam

image
0:00
0:00
download

Hozirgi afg‘on rasmiylari xalqaro hamjamiyatga bergan va’dalarini bajarish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni bo‘lib o‘tayotgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasida ishtirok etayotgan Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqi aytib o‘tdi.

“Afg‘oniston barcha davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishni xohlaydi va bunga tayyor. Biz xalqaro hamjamiyatga berilgan barcha va’dalarni bajarish uchun hamma narsani qildik, ISHIDni yo‘q qildik, Afg‘onistonni birlashtirdik, endi u yagona davlat”, deydi u o‘z nutqida. 

“Tolibon” tomonidan shakllantirilgan Afg‘oniston hukumatining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Qo‘shma Shtatlarni xorijiy banklarda bloklangan afg‘on aktivlariga taqiqni olib tashlashga chaqirdi. Bu, uning fikricha, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishi uchun juda ijobiy bo‘ladi.

Muttaqi, shuningdek, mamlakat rasmiylari barcha xalqaro gumanitar tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga va ularning vakillari xavfsizligini kafolatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

“Biz Afg‘oniston tinch va barqaror davlatga aylanishini istaymiz”, deydi u. 

Uning fikricha, Toshkentdagi bu galgi konferensiya Afg‘oniston bo‘yicha o‘tgan xalqaro forumlar bilan solishtirganda ijobiydir. 

“Bu birinchi xalqaro anjuman bo‘lib, unda tinchlik o‘rnatish haqida emas, balki mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal etish haqida so‘z bormoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Muttaqi. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida Afg‘onistonning hozirgi hukumatini terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishlari oldini olish va ularga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. Shuningdek, davlat rahbari, jahon hamjamiyatidan Afg‘oniston rasmiylarining mamlakatni mojarodan keyingi tiklanish, mustaqil, barqaror va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan davlat barpo etish borasidagi sa’y-harakatlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashni so‘radi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tolibon Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing