“Tolibon” va’dasini buzdi. Afg‘oniston harbiy havo kuchlari ofitseri o‘ldirildi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Tolibon” harakati a’zolari Afg‘oniston Harbiy havo kuchlarining sobiq ofitserini o‘ldirdi. Bu haqda RIA Novosti manbasi xabar bergan.  

Bundan avval esa “Tolibon” oldingi hukumatga sodiq bo‘lgan va ular uchun ishlaganlarga, jumladan, harbiylarga amnistiya va’da qilgan edi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar “Tolibon” va’da qilgan amnistiyaga qaramay, o‘zlari va oilalari xavfsizligidan qo‘rqadi, ularning ko‘plari mamlakatni tark etib ham bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, “Tolibon” Matbuot kotibi Zabihulla Mujohid xorijiy kuchlar bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni xavf ostida emasligiga ishontirgan. 

Manbaga ko‘ra, toliblar Afg‘oniston Harbiy havo kuchlarining sobiq ofitseri Zalmay Achakzayni Hirot viloyatida uyidan haydab chiqargan va o‘ldirgan. 

Bundan tashqari, agentlik manbasining aytishicha, mamlakat sharqidagi Nangarhor viloyatida toliblar bir ayol va uning o‘g‘lini o‘ldirgan. 

Ma’lum qilinishicha, toliblar bu ma’lumotni hali tasdiqlamagan, biroq ularning bir nechtasi aholi tomonidan ushlanib, mahalliy hokimiyatga topshirilgan. Nangarhor viloyati gubernatori otishma natijasida ona-bolaning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov boshlanganini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 465 nafar afg‘on harbiy uchuvchilari oila a’zolari bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgandi. “Tolibon” esa ularni qaytarishni talab qilayotgandi. Shu orada O‘zbekiston qochib o‘tgan afg‘on uchuvchilari oilalari bilan Amerika bazasiga ko‘chirilishi haqida AQSH bilan kelishdi. Qayd etish kerakki, uchuvchilar toliblar barcha amaldorlar, harbiylarga amnistiya e’lon qilganiga qaramay, o‘zi va yaqinlari xavfsizligi uchun xavotirda edi, voqealar rivoji ularning xavotiri o‘rinli ekanini ko‘rsatmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

1627

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing