“Tolibon” O‘zbekiston rahbariyatini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabrikladi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2021
9234Afg‘oniston Islom Amirligi muzokaralar guruhi a’zosi va “Tolibon” harakati siyosiy idorasi Matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shahin O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.
“Birodar O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz”, deb boshlanadi maktub.
“Tolibon” rasmiysi o‘z nomasida, harakat O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlayotganiga urg‘u bergan.
“Biz qo‘shni O‘zbekiston bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlaymiz. O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, temir yo‘l va elektr uzatish tarmoqlarini qurishni davom ettirishdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz”, deyilgan maktubda.
Muhammad Suhayl Shahinga ko‘ra, bu yo‘nalishda Afg‘oniston Islom Amirligi tomonidan barcha zarur yordam ko‘rsatiladi.
LiveBarchasi