“Tolibon” o‘g‘rilikda ayblangan to‘rt kishining qo‘lini kesib tashladi
Olam
−
17 yanvar 2023
12927“Tolibon” o‘g‘rilikda ayblangan to‘rt kishining qo‘lini omma oldida kesib tashladi. Bu haqda “Sputnik”ning afg‘on xizmati xabar berdi.
“Tolibon” Oliy sudiga ko‘ra, bugun, 17 yanvar kuni Afg‘onistonning Qandahor stadionida o‘g‘irlikda ayblangan 9 nafar jinoyatchi kaltaklangan. Ulardan 4 nafarining qo‘li omma oldida kesib tashlagan. Mahalliy jurnalist Sadiqulla Afg‘onning ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratida namoyishni ko‘rish uchun olomon yig‘ilgani tasvirgan. Hatto, odamlar namoyishni daraxtlar ustiga chiqib tomosha qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi ommaviy jazolash tadbirlari deyarli bir oydan beri mamalakatda o‘tkazilmayotgan edi.
Shuningdek, shu kunning o‘zida toliblar nikohdan oldingi munosabat va jinoyatlarda ayblangan yana besh nafar ayblanuvchini hibsga olgan. “Tolibon” yetakchisi jinoyatchilarni “shariat qonunlari” asosida jazolashni buyurgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi