“Tolibon” Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

Olam

image

Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” Bodg‘is viloyatining Bala Murg‘ob tumani orqali Turkmaniston bilan yangi o‘tkazish punktini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “ToloNews” xabar berdi.

“Tolibon” Muvaqqat hukumati vakili Zabihulloh Mujohidning aytishicha, ushbu yangi marshrutni yaratishdan maqsad tovarlar eksporti va importini osonlashtirishdir. Hozirda mazkur yo‘nalishning qurilish qiymati aniqlangan va uni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“Biz Bala Murg‘ob orqali Turkmaniston bilan bog‘lanish uchun yangi yo‘nalishni rejalashtirdik. Hozirda ish olib borilmoqda, loyiha belgilandi. Uning qurilishi bo‘yicha kompaniyalar bilan shartnoma imzolash bo‘yicha gaplashyapmiz va amaliy ishlar boshlanadi”, deydi Mujohid.

Iddao qilinishicha, Bala Murg‘obdagi ushbu yangi o‘tish joyi hududlarini sinchiklab ko‘zdan kechirilgan va bu borada mahalliy aholining fikrini o‘rganilgan.

Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegarasida allaqachon ikkita o‘tkazish punkti mavjud bo‘lib, bular – Faryobdagi Aqina va Hirotdagi Turg‘undi punktlari.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Turkmaniston o'tkazish punkti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing