“Tolibon” Turkmaniston bilan savdo aloqalarini kengaytirmoqchi
Olam
−
15 fevral 2024 3884 1 daqiqa
Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Turkmaniston bilan savdo-sotiqni kengaytirishga harakat qilmoqda. Bu haqda “Tolibon” moliya vazirligi axborot byulleteniga tayanib, “Sputnik Afg‘oniston” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, avvalroq Turkmanistonning Qobuldagi elchisi bilan vazirlikning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va yaqin orada ikki davlatning yuqori martabali soliq delegatsiyalari o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat mutasaddilari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama soliqqa tortilishning oldini olish, savdo aloqalarini kengaytirish, sarmoyalarni ko‘paytirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish masalalari muhokama qilingan.
Shu bilan birga, sanoat va savdo vazirligi ham Afg‘oniston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yili 481 million dollarni tashkil etganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev boshchiligidagi delegatsiya Qobulga borgan va “Tolibon” bilan savdo hajmini oshirmoqchi ekanini aytgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
Live
Barchasi