“Tolibon” Trampni xato siyosatdan ogohlantirdi

Olam

image

Afg‘oniston rasmiylari AQSH Prezidenti Donald Trampning Bagram aviabazasi haqidagi so‘zlarini izohlar ekan, Vashingtonni o‘tmishdagi muvaffaqiyatsiz yondashuvlarni takrorlamaslikka va mantiqiylikni ko‘rsatishga chaqirdi. Tegishli bayonotni Afg‘oniston hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari Hamdulla Fitrat X sahifasida e’lon qildi. 

“Barcha ikki tomonlama muzokaralar davomida Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi Islom Amirligi uchun muhim ahamiyatga ega ekani izchillik bilan ta’kidlangan. Eslatib o‘tamiz, Doha kelishuviga muvofiq (AQSH va ittifoqdosh davlatlar qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan olib chiqilishi to‘g‘risida – tahr.) Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligi bilan bog‘liq masalalarda kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik hamda uning ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini olgan edi. Ular o‘z majburiyatlariga sodiq qolishlari juda muhimdir. Biz yana bir bor ta’kidlaymizki, o‘tmishdagi muvaffaqiyatsiz yondashuvlarni takrorlashdan ko‘ra, realizm va ratsionallikka asoslangan siyosat yuritilishi lozim”, deyiladi bayonotda. 

Shuningdek, Fitratning qayd etishicha, Afg‘oniston Islom Amirligi barcha davlatlar bilan umumiy manfaatlar asosida konstruktiv munosabatlar o‘rnatishga intiladi.

18 sentyabr kuni Tramp Vashington Bagram aviabazasi ustidan nazoratni qaytarib olishga urinayotganini e’lon qildi. 19 sentyabr kuni u Amerika rasmiylari afg‘on vakillari bilan ob’ekt bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilayotganini ma’lum qildi. 21 sentyabr kuni Amerika rahbari TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida agar mamlakat rasmiylari baza nazoratini AQSHga qaytarishga rozi bo‘lmasa, bu Afg‘oniston uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi haqida yozgan edi. 

2001 yildan 2021 yilgacha Bagram aerodromi AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Afg‘onistondagi eng yirik bazasi bo‘lib xizmat qilgan. 2021 yil 1 iyulda amerikaliklar aviabazani tark etdi, 1 avgustda esa u “Tolibon” nazoratiga o‘tdi. 

2021 yilning 14 aprelida AQSHning 46-prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi urush tugaganini e’lon qildi, bu Amerika tarixidagi eng uzoq xorijdagi harbiy kampaniya edi. Qo‘shma Shtatlar urushni 2001 yil oktyabr oyida boshlagan. 2010-2013 yillarda G‘arb ittifoqchilarining Afg‘onistondagi harbiylari soni eng yuqori cho‘qqiga chiqib,150 000 nafardan oshdi. AQSH qo‘shinlarini olib chiqish 2021 yil may oyida boshlangan, AQSH va NATOning asosiy jangovar bo‘linmalari 2014 yilda Afg‘onistonni tark etgan. 

Qo‘shma Shtatlar o‘z kuchlarini olib chiqish niyatini ma’lum qilganidan so‘ng, Tolibon Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 2021 yil 15 avgust kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani xorijga qochib ketdi va “Tolibon” jangsiz Qobulga kirib keldi. Amerikaning oxirgi qo‘shinlari Afg‘onistonni 2021 yil sentyabr boshida tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Tolibon Bagram aviabazasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing