“Tolibon” Tojikiston chegarasiga qo‘shin tortgani haqidagi xabarga izoh berdi

Olam

image

“Tolibon” harakati qo‘shinlarini Tojikiston chegarasiga to‘playotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda harakat vakili Bilol Karimiy RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi. 

“Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, degan Karimiy qo‘shinlar ikki davlat chegarasiga yaqinlashayotgani haqidagi savolga. 

Tojikiston kuch tuzilmalaridagi manbaning ma’lum qilishicha, Dushanbe Afg‘oniston bilan chegarada toliblar to‘plangani haqidagi xabarlarga qo‘shilmaydi. Ta’kidlanishicha, vaziyat barqaror, provokatsiyalar yo‘q. 

Avvalroq, rasmiy Moskva Tojikiston va Afg‘oniston munosabatlarida keskinlik kuchayotganidan xavotirda ekanini ma’lum qilib, Tojikiston va Afg‘oniston umumiy chegaraga qo‘shin tortayotganini qayd etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Tolibon

Baholaganlar

2215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing