“Tolibon” tomonidan uyushtirilgan hujumda 13 kishi o‘ldirildi 

Olam

image

Bugun, 16 dekabr kuni ertalab Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktiga "Tolibon" radikal harakati jangarilari tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda Afg‘onistonning "Ariana News" telekanali mahalliy shifoxonadagi manbalariga asoslanib xabar bergan. 

Qayd etilishicha, hujum natijasida kamida 13 nafar afg‘on xavfsizlik kuchlari xodimi o‘ldirilgan, besh kishi yaralangan. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Puli-Xumri shahrining Vazirobod tumanida, shimoliy Bag‘lon viloyatining ma’muriy markazi, strategik ahamiyatga ega yo‘llar kesishmasida joylashgan. Puli-Xumri politsiyasi "Tolibon" hujumini tasdiqlagan.

O‘z navbatida, Twitter'dagi 1TV kanali o‘z manbasiga asoslanib, O‘ruzg‘on viloyatida (mamlakatning markaziy qismida) "Tolibon" jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, afg‘on xavfsizlik kuchlarining kamida 13 nafar xodimi o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing