“Tolibon” sobiq vitse-prezidentning ukasini otib tashladi – OAV
Olam
−
10 Sentabr 2021
31463“Tolibon” o‘zini Afg‘oniston Prezidenti, deb e’lon qilgan Amrulloh Solihning ukasini o‘ldirdi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, jangarilar Ruxollu Azizini avval asirga olgan, keyin esa otib tashlagan. Bundan tashqari, mahalliy aholi vakili bir necha kun oldin “Tolibon” bilan to‘qnashuvlarda qatnashgan Azizining o‘limi haqida xabar bergan. Ushbu ma’lumot, allaqachon, Wikipedia’ga ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda ularga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsherni egalladi. Shu tariq mamlakatda urush tugaganini ma’lum qildi. Ushbu viloyatda mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Amrulloh Solih qo‘nim topgandi. Joriy yilning 15 avgust kuni Ag‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berib, mamlakatdan qochib ketgach, Amrulloh Solih o‘zini mamlakat Prezidenti, deb e’lon qilgandi.
Afg‘onistondagi vaziyat
AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.
LiveBarchasi