“Tolibon” safida tozalash: 200 kishi harakatdan haydaldi

Olam

image

“Tolibon” jangarilari o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgan 200 ga yaqin odamni haydab yubordi. Bu haqda RIA Novosti toliblar tomonidan tuzilgan komissiyaga asoslanib, xabar berdi.

Oktyabr oyida Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi vakili Qori Said Xosti “Tolibon” tomonidan tayinlangan Afg‘oniston muvaqqat hukumati o‘z saflarini poraxo‘r va noloyiq shaxslardan tozalash uchun komissiya tuzganini aytdi. Yangi komissiya uchta huquqni muhofaza qiluvchi organ – Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik boshqarmasi xodimlaridan tashkil etilgan. Komissiya a’zolari bir qator hollarda o‘zlari aniqlagan korrupsionerlarni kuch ishlatish orqali davlat organlaridan chiqarib yuborishi mumkin.

“200 ga yaqin odam ularning (“Tolibon” – tahr.) safidan chiqarib yuborildi va bu jarayon davom etmoqda”, degan komissiya a’zosi.

Xostining bayonotida gap qarindoshlari orqali mansabga kelganlar, jinoyatchilar, shubhali o‘tmishga ega shaxslar va mahalliy aholining nafratiga sabab bo‘luvchi amaldorlar haqida ketayotganini aytgandi.

Komissiyadagi manbaning aytishicha, haydab yuborilgan 200 kishi Afg‘onistonda o‘z mansabini suiiste’mol qilgan va “Tolibon” nomidan o‘z maqsadlarida foydalangan odamlardir. Hozirda “Tolibon” gumonlanuvchilarni tergov qilmoqda.

Manba komissiya tuzilishi bilan shaharlarda tartib va intizom yaxshilanganini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, avgust oyi boshida “Tolibon” Afg‘oniston hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15 avgustda Qobulga kirdi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSH harbiylari himoyasida bo‘lgan Qobul aeroportidan G‘arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilindi.

31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etdi. Shu bilan AQSHning Afg‘onistondagi 20 yillik missiyasi yakunlandi. Sentyabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga birinchi “Tolibon” hukmronligi davrida tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan va 2001 yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund bosh bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing