“Tolibon” Rossiyadan afg‘onlarga viza berishni soddalashtirishni so‘radi

Olam

image

“Tolibon” muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki Rossiyaning Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovdan afg‘onlarga viza berishni soddalashtirishni so‘radi. Bu haqda “TOLOnews” Telegram-kanalida xabar berdi.

Qayd etilishicha, ular o‘rtasidagi uchrashuvda Amirxon Muttaki Jirnovdan afg‘on tadbirkorlariga viza berilishini osonlashtirishni so‘ragan. 

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov Amirxon Muttakini Afg‘oniston bo‘yicha “Moskva formati”dagi bo‘lajak yig‘ilishga taklif qilgan.

Muttaki esa yig‘ilishni mintaqa davlatlari o‘rtasida muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish uchun muhim deb atagan. 

Ma’lumot uchun, “Moskva formati” 2017 yilda Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish uchun yaratilgan. 2018 yilda “Tolibon” va o‘nta davlat – Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Eron, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston va Turkmaniston ishtirokida ilk bor bir muzokara bo‘lib o‘tgan.

2022 yilning sentyabr oyida Rossiyaning Afg‘onistondagi elchixonasi vizalar va hujjatlarni berishni to‘xtatib qo‘ygan edi. Bunga Qobuldagi elchixonaning konsullik bo‘limi yaqinida sodir bo‘lgan portlash sabab bo‘lgan. Hujum oqibatida diplomatik missiyaning ikki xodimi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing