“Tolibon” Panjsherdagi elchining uyiga o‘t qo‘ydi

Olam

image

“Tolibon” Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbarning uyiga o‘t qo‘ydi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Tolibon” vakillari 11 iyun kuni Panjsherning Ruxin tumanida joylashgan uyni yoqib yuborgan. Yong‘in hozirga qadar davom etmoqda va “harakat” mahalliy aholiga uni o‘chirishga ruxsat bermagan.

“Uy olovda yonishi mumkin, ammo bizning ruhimiz va irodamiz yonmaydi. Ular shuni bilishlari kerakki, uylar yonib ketishi mumkin, lekin terrorizm va zulmga qarshilik ruhi bundan mustasno”, deydi Muhammad Zohir Agbar.

Ma’lumot uchun, mazkur uy 1998 yilda afg‘on qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud moliyaviy yordam sifatida bergan pulga qurilgan. 2021 yilning sentyabrida Panjsher darasi “Tolibon” tomonidan egallab olingandan so‘ng, bino harbiy qarorgohiga aylantirilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tolibon elchi Muhammad Zohir Agbar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing