“Tolibon” Panjsherda etnik tozalash boshlagani aytilmoqda
Olam
−
10 Sentabr 2021
14111Toliblar Afg‘onistonning Panjsher viloyatidan minglab odamlarni chiqarib yuborgan va u yerda etnik tozalash ishlarini olib bormoqda. Bu haqda Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti vakili Ali Nazariy ma’lum qilgan.
“Tolibon” minglab odamlarni Panjsherdan quvib chiqardi. Ular etnik tozalashni amalga oshirmoqda, dunyo esa hali ham vaziyatni kuzatyapti va e’tibor bermayapti”, deb yozgan Nazariy Twitter’dagi sahifasida.
Qarshilik vakili xalqaro hamjamiyatni aralashishga chaqirgan.
Avvalroq, Ahmad Mas’ud boshchiligidagi milliy qarshilik fronti toliblar hujumi sabab chekingani haqida xabar berilgandi. Ammo hududning asosiy qismi hamon qarshilik kuchlari nazoratida qolmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Panjsher Afg‘onistoning sharqida joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 150 ming aholi yashaydi. Qayd etish kerakki, viloyatning 98 foiz aholisi etnik tojiklardan tashkil topgan.
Afg‘onistondagi vaziyat
AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.
LiveBarchasi