“Tolibon” omma oldida erkak va ayolni ayovsiz qamchiladi

Olam

image

Afg‘onistonning G‘o‘r viloyatida “Tolibon” vakillari jamoat oldida bir erkak va ayolni qamchiladi. Bu haqda “Hasht-e Subh Daily” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, ayblanuvchilar nikohdan tashqari aloqalarda ayblangan. Buning uchun ular viloyatda joylashgan sport stadionida qamchilangan.

Manbalarga ko‘ra, “Tolibon” rasmiylari erkakni 39 darra urgan. Shuningdek, ayblanuvchi erkak bir oyga, ayol esa 9 oyga qamoq jazosiga hukm qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida “Tolibon” o‘g‘rilikda ayblangan to‘rt kishining qo‘lini omma oldida kesib tashlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon jazo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made