“Tolibon”ning oliy rahbari uchta narsaga va’da berdi

Olam 48938
image

“Tolibon”ning oliy diniy yetakchisi mulla Hibatulla Oxundzoda Afg‘onistonning yangi hukumati shakllantirilganidan bir necha soat o‘tib, bayonot berdi.

Hibatulla Oxundzoda o‘z bayonotida yangi hukumat darhol ishga kirishganini ma’lum qilgan.

“Islom Amirligi mamlakat ishlarini nazorat qilish va boshqarish uchun vaqtinchalik hukumat tuzdi. Barcha vatandoshlarimizni bu arboblar islom qoidalari va Shariat qonunlariga amal qilinishini nazorat qiladi va mamlakatning oliy manfaatlarini himoya qiladi, chegaralarni qo‘riqlaydi  hamda mustahkam tinchlik, taraqqiyotni ta’minlaydi”, degan Oxundzoda.

Bayonotda yangi hukumat avvalgidek inson huquqlari himoyasiga sodiqligi ta’kidlangan.

“Islom Amirligi muqaddas Islom dini talablari doirasida inson huquqlari, ozchiliklar huquqlari hamda kam ta’minlangan guruhlar huquqlarini himoya qilish uchun jiddiy va samarali choralar ko‘radi”, deyiladi “Tolibon” yetakchisining bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 sentyabr kuni Afg‘onistonning "Tolibon" tomonidan tuzilgan Vazirlar Mahkamasi tarkibi e’lon qilindi. Hukumatga yetti kishi kirdi va Muhammad Hasan Oxun Bosh vazir etib tayinlandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 2388
Reyting: 3
Teglar
t
×