“Tolibon”ning Afg‘onistondagi asosiy rahbarlari kimlar?

Tahlil

image

Ma’lumki, shu kunlarda butun dunyo nigohi Afg‘onistonga qaratilgan. O‘tgan hafta “Tolibon” harakati mamlakatni to‘liq egalladi. Oqibatda Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berib, mamlakatni tark etdi. Mamlakatda “Tolibon” hukmronligi boshlandi. Yetti muhim shaxs 2001 yildan beri Afg‘oniston hukumatiga qarshi kurashayotgan “Tolibon” harakatini navbat bilan boshqarib kelmoqda. Xo‘sh, ular kim? 

Mulla Muhammad Umar

“Tolibon” harakatining asoschisi va asl rahbari Mulla Muhammad Umar bo‘lgan. U 2001 yil 11 sentyabr kuni AQSH tomonidan uyushtirilgan hujumlardan so‘ng mamlakatdan qochib ketgan. Oradan ikki yil o‘tib, ya’ni 2003 yilda o‘g‘li uning o‘lganini tasdiqlagan. 

Haybatulloh Oxunzoda

"Mo‘minlar yetakchisi" nomi bilan tanilgan, islom huquqshunos olimi, guruhning siyosiy, diniy va harbiy ishlari bo‘yicha yakuniy hokimiyatga ega bo‘lgan "Tolibon"ning oliy rahbaridir. Oxunzada 2016 yildan boshlab harakat rahbari vazifasini bajarishni boshlagan. Rahbar bo‘lishidan avval, 15 yil davomida Pokiston janubi-g‘arbidagi Kuchlak shahridagi masjidda dars bergan va va’z qilgan. Taxminlarga ko‘ra, u 60 yoshda va qayerdaligi noma’lum.

Mulla Muhammad Yoqub

 

"Tolibon" asoschisi Mulla Umarning o‘g‘li Muhammad Yoqub guruhning harbiy operatsiyalarini nazorat qilgan. Ammo u 2016 yilda jang maydonida tajribasi yo‘qligi va juda yoshligi sabab o‘rniga Oxunzodani rahbar etib tayinlagan. Taxminlarga ko‘ra, Mulla Muhammad Yoqub 30 yoshdan oshgan.

Sirojuddin Haqqoniy

Taniqli mujohid qo‘mondoni Jaloliddin Haqqoniyning o‘g‘li Sirajuddin “Tolibon”ning Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi moliyaviy hamda harbiy aktivlarini nazorat qiladigan "Haqqoniy tarmog‘i"ni boshqaradi. Taxminlarga ko‘ra, Haqqoniy 40-yillarning oxiri yoki 50-yillarning boshlarida tug‘ilgan. Uning qayerdaligi noma’lum.

Mulla Abdul G‘ani Barodar

"Tolibon" asoschilaridan biri Mulla Abdul G‘ani Barodar Qatar poytaxti Dohadagi "Tolibon" harakati siyosiy idorasini boshqaradi. Mulla Umarning eng ishonchli qo‘mondonlaridan biri bo‘lgani aytilgan Barodar 2010 yilda Pokiston janubidagi Karachi shahrida xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan va 2018 yilda ozod qilingan.

Sher Muhammad Abbos Stanikzay

"Tolibon" hukumatining sobiq vazir o‘rinbosari lavozimidan chetlatilgunga qadar, Stanikzay o‘n yilga yaqin Dohada yashadi va 2015 yilda guruhning siyosiy idorasi boshlig‘i bo‘ldi. U Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralarda qatnashgan va bir necha davlatlarga diplomatik safarlarda "Tolibon" vakili bo‘lgan.

Abdul Hakim Haqqoniy

U "Tolibon" muzokaralar guruhining rahbari. "Tolibon"ning sobiq bosh sudyasi bo‘lgan. U diniy ulamolar kengashini boshqargan. Uni Oxunzoda eng ko‘p ishonadigan odam, deb hisoblashadi.

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.

Uning hozir qayerda ekani ma’lum emas. Bu borada turli tomondan har xil xabarlar kelmoqda. Shu vaqtga qadar sobiq Prezident G‘anining Tojikiston, Omon va O‘zbekistonda bo‘lib turgani haqida axborot paydo bo‘ldi. Biroq, yakunda ularning hech biri o‘z tasdig‘ini topmadi. Katta ehtimol bilan u AQSHdan boshpana olmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1390

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing