“Tolibon”ning 5 ming a’zosi qamoqdan qo‘yib yuborildi – OAV

Olam

image
Komilov afg‘on inqirozi va O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan siyosati haqida gapirdi north_east

Komilov afg‘on inqirozi va O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan siyosati haqida gapirdi

Afg‘oniston Hukumati toliblarning radikal harakati bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 5000 ga yaqin mahbusni ozod qildi. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni mahalliy telekanallar xabar bergan. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuvda 5 ming tolibni ozod qilish ko‘zda tutilgan. Biroq,  Afg‘oniston Hukumati boshqa davlatlar tomonidan qo‘yilgan cheklovlar tufayli bir necha mahbusni ozod qila olmaydi. Gap yetti kishidan iborat toliblar guruhi haqida ketmoqda. Ularning ozod qilinishiga qarshi qator davlatlar, jumladan, Fransiya va Avstraliya qarshi chiqmoqda. 

"Biz diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshiryapmiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar erta boshlanishini kutyapmiz", deya telekanal Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Javid Faysalning so‘zlarini keltiradi. 

“Reuters” axborot agentligi afg‘on rasmiylariga tayanib, yetti nafar mahbus qamoqdan ozod qilinib, qatarga yuborlishi haqida xabar qildi. Ularning ozod etilishini “Tolibon” talab qilmoqda. Rasmiy shuningdek, Afg‘oniston Hukumati delegatsiyasi shu hafta Qatar poytaxtidagi radikal harakat bilan muzokaralarga borishni rejalashtirgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. 

Joriy yilning 29 fevral kuni Qatarning Doha shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati o‘rtasida tinchlik sulhi imzolandi

Imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, AQSH Afg‘onistonda qo‘shinlar sonini 135 kun ichida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha kamaytirish majburiyatini oldi. Agar “Tolibon” mamlakatda hudkushliklarni mutlaqo to‘xtatsa, amerikaliklar o‘z harbiylari va NATO kuchlarini 14 oy davomida olib chiqishda davom etadi. Ushbu harakatlar evaziga toliblar AQSH va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun Afg‘oniston hududidan foydalanishni to‘xtatishi kerak.

Kelishuvga ko‘ra, afg‘onlararo maslahatlashuvlar 10 martda boshlanishi kerak edi. Ishonchni mustahkamlash choralari doirasida afg‘onlararo muzokaralar boshlangunga qadar 5000 ga yaqin toliblar va radikallar tomonidan ushlab turilgan 1000 ga yaqin odam ozod qilinishi shart edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

264

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing