“Tolibon” xorijliklar Afg‘onistonda qancha qurol koldirib ketganini ochiqladi
Olam
−
23 fevral 2022
10785Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati o‘tgan yozda xorijiy qo‘shinlarning mamlakatdan olib chiqib ketilishi natijasida 300 mingdan ortiq yengil qurol, 26 ming og‘ir qurol va 61 mingga yaqin harbiy texnikani qo‘lga kiritgan. Bu haqda “Tolibon” Mudofaa vazirligi saflarini tozalash komissiyasi rahbari Latifulla Hakimiy ma’lum qildi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.
Uning aniqlik kiritishicha, “Tolibon” Afg‘onistondan chiqib ketayotgan xorijiy harbiylar tomonidan buzib ketilgan 80 ta vertolyot va jangovar samolyotlarning yarmini ta’mirlashga muvaffaq bo‘lgan. Hakimiy, shuningdek, “Tolibon” o‘tgan yil avgust oyida ag‘darilgan va Afg‘onistonni tark etgan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga amnistiya berishga tayyorligini aytdi.
Avvalroq “Tolibon” o‘z armiyasi sonini 150 ming kishiga yetkazish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Bu har qaysi Markaziy Osiyo davlatining armiyasidan ko‘p.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, radikal harakat jangarilari tog‘larda Milliy qarshilik fronti bo‘linmalariga qarshi amaliyotlar uchun allaqachon hujumkor vertolyotlardan foydalanmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan yilning noyabr oyida ISHID Xuroson terrorchilari qo‘lga kiritganida, “Tolibon” Qobuldagi harbiy gospital tomiga vertolyotlardan muvaffaqiyatli qo‘ngan.
LiveBarchasi