“Tolibon” Qurbon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qildi

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” terrorchilik harakati Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun davomida o‘t ochmaslikka qaror qildi. 

“Barcha jangarilarga xalqimiz uch kunlik hayitni ishonch va quvonch bilan o‘tkazishlari uchun hech qanday operatsiya o‘tkazmaslik buyurilgan”, deydi jangarilar vakili Zabiulloh Mujohid. 

O‘t o‘chmaslik haqidagi sulh joriy yilning 31 iyul kuni kuchga kiradi va 2 avgustgacha davom etadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Tolibon” harakatining ushbu qarorini olqishladi. Vazirlik rasmiy bayonotida shunday deyiladi: 

“O‘zbekiston muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi.  
 
Ushbu muborak kunlarda o‘t ochishning to‘xtatilishi afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zarur sharoit yaratishiga umid qilamiz.  
 
O‘zbekiston barcha afg‘on tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yo‘lida ushbu ezgu maqsadga erishishda oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqiradi.  
 
O‘z navbatida,  O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash,  afg‘onlararo siyosiy jarayonni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tinch va farovon Afg‘oniston barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi”.  

Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday sulh joriy yilning may oyida Ramazon hayiti munosabati bilan qabul qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing