“Tolibon” Qobulga yaqinlashmoqda. Poytaxtga 11 km qoldi (video)

Olam

image

Toliblar Afg‘onistonning Logar viloyatini to‘liq egallab oldi. Harakat jangarilari poytaxt Qobuldan 11 km uzoqlikda joylashgan Chor-Osiyob tumaniga yetib keldi. Bu haqda “Associated Press” nashri mahalliy deputatlarga tayanib, xabar bermoqda

“Toliblar butun Logarni egallab, viloyat rasmiylarini hibsga oldi. Ular poytaxt Qobuldan 11 kilometr janubda joylashgan Chor-Osiyob hududiga yetib keldi”, deydi deputat Xoda Ahmadiy.

Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi xabarlarga ko‘ra, “Tolibon” “Qobul darvozasi”, deb ataladigan Vardak viloyati markazi Maydon Shahrga kirib kelgan. Qayd etish kerak, ushbu shahar Qobul bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lab turuvchi 0101 milliy magistral yo‘lida joylashgan.

So‘nggi paytlarda Afg‘onistondagi vaziyat yanada keskinlashdi. “Tolibon” Afg‘onistondagi bir necha strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni, jumladan mamlakatning ikkinchi eng yirik shahri — QandahorG‘azni va Hirotni egallab oldi. OAVda esa mamlakat Prezidenti Ashraf G‘anining Afg‘onistonni tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing