“Tolibon” Qobulga hujum boshladi

Olam

image

Ayni paytda “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston poytaxti Qobulga hujum boshladi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar bergan.

Jangarilar allaqachon shahar g‘arbidagi Qobul universitetida nazorat o‘rnatib, poytaxtdagi tumanlardan birida o‘z bayrog‘ini o‘rnatgan.

O‘z navbatida Afg‘oniston Prezidenti ma’muriyati Twitter sahifasida mamlakat poytaxti tinch va nazorat ostida ekanini e’lon qildi.

“Xabarnoma! Hurmatli Qobul aholisi, Qobulning bir qancha olis tumanlarida o‘q ovozlari eshitildi. Mamlakat xavfsizlik va mudofaa kuchlari xalqaro hamkorlar bilan kelishilgan holda Qobuldagi xavfsizlik holatini nazorat qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Qobulni tinch yo‘l bilan "Tolibon"ga topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing