“Tolibon” qaysi davlatlar bilan opoq-chapoqligi aytildi

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati bugungi kunda qo‘shnilari O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Xitoy, Pokiston va boshqa qator davlatlar bilan yaxshi munosabatda. Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqi Hindistonning “StratNews Global” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “ToloNews”.

U hind diplomatlarining Afg‘onistonga qaytishi Qobul va Nyu-Dehli o‘rtasidagi aloqa yaxshilanganini, ikki mamlakat siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishda ijobiy munosabatda ekanini ko‘rsatishini ta’kidlagan.

Suhbat davomida Muttaqi Afg‘oniston barcha davlatlar bilan barqaror munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tgan.

“Biz Pokiston, Hindiston, Xitoy, Eron, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari bilan yaxshi barqaror aloqalarga egamiz. Biz gap ushbu aloqalar haqida ketganda barqarorlikni saqlab qoldik”, deydi u.

Muttaqi Afg‘oniston hududidan hech bir davlatga qarshi foydalanilmasligini yana bir bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

774

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing