“Tolibon” qabul qilmagan sifatsiz benzin Rossiyaga tegishli ekani aytildi
Jamiyat
−
16 aprel 2024 6477 1 daqiqa
Avvalroq, "Tolibon" standartlari departamenti Hayraton portidan hajmi 120 ming litrga yaqin ikki sisterna neft mahsulotini O‘zbekistonga qaytargani haqida xabar bergandik.
Mazkur holatga Bojxona qo‘mitasi izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, "Tolibon"ning talabiga javob bermagan sifatsiz benzin Rossiya kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
"Gap shundaki, qaytarib yuborilgan neft mahsulotlari O‘zbekistonga tegishli emas. Aksincha, 2 ta sisternaga ortilgan 120 tonna benzin Afg‘onistonga Rossiyadan yuborilgan va mamlakatimiz hududidan tranzit tarzida harakatlangan, xolos.
Afg‘oniston tomoni ushbu yoqilg‘ini qaytarib yuborgani sababli sisternalar 2024 yil 6 aprel kuni "Ayritom" chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan", deyiladi munosabatda.
Bojxona qo‘mitasi afg‘onistonlik hamkorlarini ikki tomonlama do‘stona munosabatlarni inobatga olgan holda, tekshirilmagan va asossiz xabarlarni shoshmashosharlik bilan tarqatmaslikka chaqirgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust