“Tolibon” ISHID yetakchisini yo‘q qildi – Oq uy vakili
Olam
−
26 aprel 2023
6471“Tolibon” vakillari 2021 yilda Qobul xalqaro aeroportiga kiraverishda hujumni rejalashtirgan ISHID terror tashkiloti yetakchisini yo‘q qildi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
U operatsiya natijasida yo‘q qilingan terrorchini 13 amerikalik harbiy va kamida 170 afg‘onistonlik qurbon bo‘lgan hujumlar tashkilotchisi deb atagan.
“Biz “Tolibon”ga Al-Qoida bo‘ladimi, ISHID bo‘ladimi, terrorchilar uchun xavfsiz boshpana bermasliklari kerakligini aniq tushuntirdik”, deydi Oq uy vakili.
Shuningdek, u AQSH nafaqat Afg‘onistonda, balki dunyoning turli burchaklarida tarqalayotgan ISHID tahdidiga qarshi kurashni davom ettirishini bildirgan. Biroq terrorchining shaxsi va operatsiya vaqti haqida ma’lumotlar oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Tolibon” muvaqqat hukumati tomonidan tuzilgan xavfsizlik kuchlari ISHID terrorchilik guruhining yacheykasini yo‘q qilgandi. Afg‘onistonning Balx viloyati ma’muriyat idorasida xudkush tomonidan sodir etilgan portlash ortidan ham operatsiya o‘tkazilib, natijada hujumga aloqador barcha guruh a’zolari qo‘lga olindi. Ushbu operatsiya davomida guruh a’zolari Tojikiston fuqarolari bo‘lib, yaqinda hujumni amalga oshirish uchun Afg‘onistonga jo‘natilgani isbotlandi.
LiveBarchasi