“Tolibon” ISHID bazasida “reyd” o‘tkazdi

Olam

image

“Tolibon” Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida ISHID terrorchilik guruhining bazasiga bostirib kirib, bir necha jangarilarni yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi

“Tolibon” ISHID jangarilaridan uch nafarining jasadini Shulgar tumanidagi shifoxona oldiga ko‘rgazma qilib qo‘ygan, odamlar ularni tomosha qilish uchun kelmoqda. Jangarilardan biri xorijlikka o‘xshaydi, ammo “Tolibon” bular ISHID terrorchilarining jasadlari ekani to‘g‘risidagi axborotdan boshqa hech qanday ma’lumot bermadi”, deyiladi xabarda. 

Manbaga ko‘ra, o‘ldirilgan uch nafar terrorchidan tashqari yana besh nafari qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid ISHID Afg‘onistonga tahdid solmasligini, balki rasmiylar uchun “bosh og‘rig‘i” ekanligini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglar afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.

Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing