“Tolibon” inklyuziv hukumat tuzmoqchi

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakatda yangi, inklyuziv hukumatni shakllantirish ustida ishlamoqda. Harakat tez orada yangilangan hukumat tarkibini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Abdul Salam Hanafiy Qobuldagi elchixona vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Inklyuziv Vazirlar Mahkamasini shakllantirish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda va bu haqdagi ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi”, deya ta’kidlagan Abdul Hanafiy.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 6 sentyabr kuni "Tolibon" butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilganligini, 7 sentyabrda esa faqat harakat a’zolari va asosan Afg‘onistondagi eng yirik etnik guruh – pushtunlardan iborat muvaqqat hukumat tuzilganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan ko‘plab davlatlar bu Vazirlar Mahkamasi inklyuziv emasligini aytib, uni tan olish masalasini ko‘rib chiqmadi.

Ayni paytda "Tolibon" vakillari o‘z hukumatini inklyuziv deb bilishlari va uning xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shart-sharoit bajarilganligini bir necha bor ta’kidlagan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Tolibon”

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made