Qobulda xitoyliklar qolayotgan mehmonxonaga hujum qilindi (video)

Olam

image

Bugun, 12 dekabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi “Shahr-No” mehmonxonasiga hujum uyushshtirildi. Bu haqda “Etilatroz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu mehmonxona ichida xitoyliklar bo‘lgan. Mehmonxonaga hujum qilinganini “Tolibon” xavsizlik kuchlari ham tasdiqlagan.

Qobuldagi “Tolibon” xavfsizlik qo‘mondonligi matbuot kotibi Xolid Zadran “Daily Information” gazetasiga “Tolibon” kuchlari hujumchilarni yo‘q qilish uchun voqea sodir bo‘lgan hududga yetib kelganini ma’lum qildi. U hujumchilar soni va bundan maqsad nima ekani haqida hech narsa gapirmagan .

Hujum oqibatida mehmonxonaning barcha qavatlari yonayotganini ko‘rish mumkin. Biroq mehmonxonaga aynan qanday qurol yoki portlovchi vosita bilan zarba berilgani ochiqlanmagan. Ushbu hodisa tufayli halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi ham noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 noyabr kuni Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahridagi “Jihodiya” madrasasida kuchli portlash sodir etilib, oqibatda 35 kishi qurbon bo‘lgan edi. Shuningdek, Afg‘onistonni boshqarayotgan “Tolibon” 3 dekabr kuni ilk marta maktabda to‘y qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston “Tolibon”

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing