Eron harbiylari Afg‘oniston shahrini o‘qqa tutdi – OAV
Olam
−
06 mart 2023 18847 1 daqiqa
Afg‘oniston va Eron chegarasida ikki davlat o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu haqda Afg‘onistonning “Hasht e Subh” agentligi chegaradagi Nimroz viloyatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eron bilan chegaradosh Nimroz viloyatida “Tolibon” xavfsizlik kuchlarining shtab-kvartirasi o‘qqa tutilgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida turli qurollar qo‘llangan. Halok bo‘lganlar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Shuningdek, to‘qnashuv sabablari noma’lum. Eron tomoni hali voqea yuzasidan izoh bermagan.
“Tolibon” va Eron chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 2021 yil dekabrida va 2022 yil iyulida qayd etilgan edi.
Joriy yilning fevral oyi oxirida toliblar mojaro chog‘ida bir eronlik chegarachini qo‘lga oldi va muzokaralardan so‘ng uni qo‘yib yuborishgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025