“Tolibon” ikki kishini futbol maydonida qatl qildi
Olam
−
22 fevral 2024 20999 1 daqiqa
Bugun, 22 fevral kuni Afg‘onistonda qotillikda ayblangan ikki kishi omma oldida qatl etildi. Bu haqda “ABC” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ali Lala qishlog‘idagi futbol maydonida o‘tkazilgan qatl marosimida G‘azni viloyatining ko‘plab aholisi ishtirok etgan. Bir kun avval “Tolibon” a’zolari ikki kishining qatl marosimini tomosha qilish uchun aholini futbol maydoniga yig‘ilishga chaqirgan. Marhumlar besh va yetti yil avval odam o‘ldirganlikda ayblangan.
“Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda sud qarorini ko‘rib chiqib, o‘lim jazosini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, ushbu voqea “Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin sodir bo‘layotgan to‘rtinchi ommaviy qatl sifatida qayd etilgan. Nashrning yozishicha, o‘lim hukmi ijrosini tomosha qilganlar orasida jinoyatchilarning oila a’zolari ham bo‘lgan.
Mahalliy nashrlar qatl jarayoni ommaviy axborot vositalari orqali ko‘rsatilishining oldini olish uchun stadionga suratga olish vositalari kiritilmagani haqida yozmoqda.
Ulkanbayeva Rayhona
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025