“Tolibon” foizsiz kredit beradigan islomiy bank tizimini joriy etmoqchi
Olam
−
01 aprel 2023
6677“Tolibon” muvaqqat hukumati Afg‘onistonda an’anaviy bank tizimini islom banki bilan almashtirmoqchi. Joriy etiladigan yangi banklar shariat qoidalari asosida ishlaydi hamda kredit berishda foiz undirish taqiqlanadi. Bu haqda “Tolibon” nazorati ostidagi Markaziy bank rahbari vazifasini bajaruvchi Hidoyatullo Badriga tayanib, “Sputnik Afganistan” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu masala bo‘yicha dastlabki qadamlar allaqachon tashlangan. Tizim imkoniyatlari, shuningdek, inson va moliyaviy resurslarni hisobga olgan holda asta-sekin oldinga siljishda davom etilishi ma’lum qilingan.
First MicroFinance Bank-Afghanistan (FB) hozirda mamlakatdagi yagona islomiy bank bo‘lib, u Og‘axon Ismoiliy jamg‘armasi ko‘magida faoliyat ko‘rsatadi.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi