“Tolibon” faollashuvi fonida Bayden Afg‘oniston Prezidentini qabul qildi
Olam
−
26 iyun 2021
9317Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 24 iyun kuni Afg‘onistondan Prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya AQSHga tashrif buyurdi. Prezident Jo Bayden Afg‘oniston delegatsiyasini qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, Bayden Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani va Milliy yarashish bo‘yicha oliy kengash rahbari Abdulla Abdulla bilan Vashington tomonidan Kobulga berilayotgan diplomatik va gumanitar yordam mavzusini muhokama qilgan. Uchrashuv Oq uyda matbuot uchun yopiq rejimda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan oldin Bayden AQSH Afg‘onistonni diplomatik qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Oq uy Matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar Kobulga xavfsizlik, taraqqiyot va diplomatiya sohasida yordam berishda davom etishga tayyor.
Bundan tashqari, AQSH koronavirus infeksiyasining ko‘payishi fonida 3 million dozali Johnson and Johnson vaksinasini Afg‘onistonga yetkazib berishga va’da berdi. Shuningdek, AQSH tomonidan 266 million dollar miqdorida gumanitar yordam ajratadi.
LiveBarchasi