“Tolibon” Eron bilan chegarada afg‘onistonliklar otilganini tekshirmoqda
Olam
−
17 Oktabr
5384Kecha, 16 oktyabr kuni “Tolibon” Eron chegarasida Afg‘oniston fuqarolarining otilgani haqidagi xabarlarni tekshirishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Amu.tv” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “Tolibon” vakili Zabihulloh Mujohid Eron bilan chegarada afg‘on fuqarolarining o‘limi va jarohat olgani haqidagi “mish-mish”lardan xabardor, “Tolibon” va ularning diplomatik vakillari mazkur hodisani o‘rganyapti.
Qayd etilishicha, Eronning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Hassan Kozimiy Qomiy bu xabarlarni rad etib, “ishonchli manbalar” bilan bevosita kuzatishlar natijasida da’volarga asos yo‘qligini ta’kidlagan. U davlatlar noqonuniy chegaradan o‘tishga qarshi “qonuniy” choralar ko‘rish huquqiga ega ekanini alohida qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron inson huquqlari tashkiloti Haalvsh eronlik chegarachilarining noqonuniy ravishda mamlakat hududiga kirishga uringan afg‘on muhojirlariga qarata o‘q uzgani va ularni o‘ldirgani haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi