“Tolibon” bir necha aviakompaniyalarga tahdid qildi. Qobulning muddaosi nima?

Olam

image
0:00
0:00
download
Si Szinpin va Putinsiz sammit. Dunyo yetakchilari “Tolibon” bilan hamkorlik qiladimi? north_east

Si Szinpin va Putinsiz sammit. Dunyo yetakchilari “Tolibon” bilan hamkorlik qiladimi?

“Kam Air” va “Pakistan International Airlines” (PIA) xususiy aviakompaniyalari Afg‘onistonda amaldagi narx siyosati uchun “bloklanishi” mumkin. Bu haqda “Tolibon” harakati matbuot kotibi Zabihulla Mujohid o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“PIA va “Kam Air” xususiy aviakompaniyalari chiptalar Islom Amirligi (“Tolibon” tuzgan davlat nomi – tahr.) hokimiyatga kelguniga qadar sotilgan narxiga moslashtirilishi kerakligi to‘g‘risida ogohlantirildi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, agar aviakompaniyalar ushbu shartni bajarmasa, “blokirovka” qilinadi. 

Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglar afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.

Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

451

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing