“Tolibon” ayollar o‘qishini yoqlagan professorni hibsga oldi
Olam
−
04 fevral 2023
5260“Tolibon” ayollarning ta’lim olishini taqiqlashga qarshi norozilik bildirish uchun jonli efirda diplomini yirtib tashlagan o‘qituvchi Ismoil Mash’alni hibsga oldi. Bu haqda “Aljazeera” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, u jonli efir paytida ilmiy darajani belgilab beradigan sertifikatlarini yirtib tashlagan hamda hukumat buyrug‘i islom tamoyillariga zid ekanini ta’kidlab, ayollar huquqlarini himoya qilishga va’da bergan.
“Agar singlim va onam o‘qiy olmasalar, men bu ta’limni qabul qilmayman”, degan u.
Shundan so‘ng, Mash’alning yordamchisi Farid Ahmad Fazliy professor “Tolibon” hukumati a’zolari tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklangani va o‘ta hurmatsiz tarzda olib ketilganini aytdi. “Tolibon” rasmiysi uning hibsga olinganini tasdiqladi.
“Mash’al domla bir muncha vaqt tizimga qarshi provokatsion harakatlarga qo‘l urdi. Xavfsizlik idoralari uni tergovga olib ketdi”, deydi “Tolibon” Axborot va madaniyat vazirligi direktori Abdul Haq Hammad.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi