“Tolibon” Ashraf G‘ani va hukumat a’zolariga taklif bilan chiqdi

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anini, hukumat amaldorlari va afg‘on partiyalari yetakchilarini hamkorlikka chaqirdi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali xabar qildi.

Unga ko‘ra, toliblar davlat rahbariga murojaat qilib, Afg‘onistondagi ma’muriyatdagi boshqa amaldorlar va siyosiy partiyalar rahbarlarini birgalikda ishlashga taklif qilgan.

“Tolibon”ning Qatar siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shohin BBC teleradiokompaniyasiga harakat barcha afg‘onlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv hukumat tuzish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Avvalroq, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik. Muvaqqat hukumatga esa sobiq Ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloli rahbar etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, bugun Qobulda Afg‘oniston hukumati hokimiyatni "Tolibon"ga topshiryapti. Toliblar shaharga hujum qilmasdan uni muzokaralar orqali egallash harakatini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

3611

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing