“Tolibon” Ashraf G‘ani davridagi harbiylarni ham armiyasiga qo‘shmoqchi
Olam
−
22 fevral 2022
50132021 yil avgustida Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati o‘zining yangi armiyasiga avvalgi tuzum qo‘shinlarida xizmat qilgan harbiylarni qabul qilmoqchi. Bu haqda Pokistonning “The Nation” gazetasiga asoslanib xabar berilgan.
“Biz bu sobiq harbiylarni armiyamizda xizmat qilish uchun tanlash bosqichidamiz”, degan “Tolibon” tomonidan tuzilgan “Tasfiye as-Saf” komissiyasi rahbari Latifulla Hakimiy.
Unga ko‘ra, “Tolibon” tomonidan yaratilgan yangi armiya Afg‘onistonda AQSH armiyasi tomonidan qoldirilgan qurol va harbiy texnikadan foydalanadi.
“Amerikaliklar ketishi vaqtida tashlab ketilgan 80 dan ortiq vertolyot va samolyotlarning yarmidan ko‘pini allaqachon ta’mirladik. Bizning harbiy o‘ljalarimiz 300 ming o‘q otish quroli, 26 ming og‘ir qurol va 61 ming harbiy texnikadan iborat edi”, degan Hakimiy.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi Enayatulla Xavarizmiy 150 ming kishilik yangi afg‘on armiyasini yaratish rejalari haqida gapirgandi.
OAV xabarlariga ko‘ra, “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritgach, 120 ming qochqin orasida ko‘plab sobiq askarlar Afg‘onistonni tark etgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh oy ichida mamlakatda 100 dan ortiq sobiq harbiy xizmatchi o‘ldirilgan.
LiveBarchasi