“Tolibon” AQSHning sobiq bazasida yirik harbiy parad o‘tkazdi

Olam

image

Bugun, 14 avgust kuni “Tolibon” Afg‘onistondagi AQSHning sobiq harbiy-havo bazasida hokimiyatga qaytganining uch yilligini nishonladi. Bu haqda “The Starits Times” xabar berdi.

“Tolibon” qurolli kuchlari sovet davridan qolgan tanklar va artilleriya qurollarini AQSHning Bagramdagi sobiq harbiy bazasi orqali olib o‘tgan. U yerda parad va nutqlar uchun yig‘ilgan yuzlab odamlar orasida Xitoy va Eron diplomatlari ham bo‘lgan.

Sobiq Bagram bazasi bir vaqtlar 20 yil davomida “Tolibon”ga qarshi AQSH boshchiligidagi operatsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

Paradda AQSHda ishlab chiqarilgan bronetransportyorlar, vertolyot va qiruvchi samolyotlar ham olib o‘tilgan. “Tolibon” kuchlari 2021 yilning 15 avgustida poytaxtni egallab oldi. Yubiley afg‘on kalendarida bir kun oldin nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida “Tolibon” ayollarni BMT majlislaridan chetlashtirishni talab qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing