“Tolibon” AQSHni Afg‘oniston havo hududini buzishda aybladi

Olam

image

Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzgan “Tolibon” harakati AQSHni mamlakat havo hududini buzishda aybladi. Bu haqda kecha, 30 mart kuni muvaqqat hukumat vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, Amerika uchuvchisiz samolyotlari Qandahor va Nimroz viloyatlarida patrullik qilmoqda. 

“Bu samolyotlar, shubhasiz, AQSHga tegishli bo‘lib, ba’zi qo‘shni davlatlar havo hududini kesib o‘tadi va Afg‘onistonga uchadi”, deydi Mujohid.

“Tolibon” vakili Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar o‘z havo kengliklarida Amerika uchuvchisiz samolyotlarining uchishiga ruxsat bermasligi kerakligini ta’kidladi.

6 mart kuni “Tolibon” tomonidan tuzilgan Afg‘oniston armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Qori Fasihuddin Fitrat mamlakat havo hududi hamon AQSH nazorati ostida ekanini, Amerika dronlari esa uning hududi ustidan uchib o‘tayotganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing