“Tolibon” Afg‘onistonda tuzadigan hukumat haqida ma’lumot berildi

Olam

image

Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumatiga Afg‘oniston Islom Amirligini boshqaradigan “Amir ul-mo‘minin” ham kiritiladi. “Al Jazeera” “Tolibon tuzadigan hukumat tuzilmasi haqida ma’lumot berdi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, hukumat tarkibiga mamlakatda yashovchi barcha etnik guruhlarning vakillari, jumladan etnik tojik va o‘zbeklar ham kiradi. Muvaqqat boshqaruv kengashi qancha vaqt amal qilishi hozircha noma’lum.

Boshqaruv shaklini aniqlash va vazirlarni tayinlash uchun Oliy kengash chaqirilgan. Ayni paytda Sud tizimi, Ichki xavfsizlik, Mudofaa, Tashqi ishlar va Axborot vazirliklarini yaratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Tolibon” siyosiy idorasi rahbari Mulla Abdul G‘ani Barodar Qobulda va harakat asoschisi mulla Muhammad Umarning o‘g‘li mulla Muhammad Yoqub hukumat tuzish bo‘yicha maslahatda qatnashish uchun Qandahordan kelgan.

Manbalarga ko‘ra, AQSH rasmiylari, o‘z navbatida, eski hukumatlarning ayrim a’zolarini olib kelishni talab qilmoqda. Ular orasida Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzay va Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla bor.

Avvalroq, “Tolibon” Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishilik kengash tuzishi haqida xabar bergan edik. Uning eng muhim a’zolari qatorida mulla Abdul G‘ani Barodar, mulla Muhammad Yoqub va “Haqqoniy tarmog‘i”ning yuqori martabali a’zosi Halil al-Rahmon Haqqoniy kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

543

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing