“Tolibon” Afg‘onistonda kriptovalyutani taqiqladi

Olam

image

“Tolibon” radikal harakati hukumati tomonidan nazorat qilinadigan Afg‘oniston Markaziy banki mamlakatda kriptovalyutalarni qazib olish va muomalaga chiqarishni taqiqladi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi juma kuni afg‘on politsiyasining yuqori lavozimli zobitiga tayanib xabar berdi.

“Markaziy bank bizga barcha pul almashtiruvchilar, jismoniy shaxslar va tadbirkorlarga bitkoin kabi firibgar raqamli valyutalardan foydalanishni taqiqlash haqida buyruq berdi”, deydi Hirot viloyati politsiya boshqarmasi jinoiy tergov bo‘limi boshlig‘i Sayid Shoh Saadat.

Shu oy joriy etilgan taqiq davomida “Tolibon” 13 kishini hibsga oldi, ularning aksariyati garov evaziga qo‘yib yuborildi, deydi u. Bundan tashqari, Afg‘onistonning uchinchi yirik shahri va raqamli tokenlar savdosi markazi bo‘lgan Hirotda 20 dan ortiq kriptobirjalari yopildi.

“Bloomberg”ning qayd etishicha, afg‘on aholisining bir qismi o‘z jamg‘armalarini tejash va “Tolibon” qo‘liga tushib qolishining oldini olish uchun kriptovalyutalar bilan muomala qilganidan so‘ng tazyiqlar boshlangan. Kriptovalyutalar “Tolibon”ga qarshi joriy etilgan sanksiyalar tufayli global bank tizimidan uzilgan mamlakatda pul o‘tkazishning mashhur usuliga aylandi.

“Tolibon” Afg‘onistonda nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli Kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketish qarorini e’lon qilganidan so‘ng boshlagan edi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi. 7 sentyabr kuni radikallar qonuniyligi hali hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

52

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing