“Tolibon” Afg‘oniston sharqiga hujum uyushtirdi
Olam
−
11 Sentabr 2020
7408Kecha, 10 sentyabr kuni Afg‘oniston sharqida "Tolibon" harakati jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujumda o‘n olti nafar askar va politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sputnik" ma’lumot berdi.
Jangarilar Nangarhar viloyatining Xogyani tumanidagi xavfsizlik punktlariga hujum qildi. O‘lganlardan tashqari, yaradorlar ham bor, qurbonlar soni aniqlanmagan.
"Tolibon" hujumlari 12 sentyabr kuni Dohada o‘tkazilishi rejalashtirilgan afg‘onlararo tinchlik muzokaralari oldidan amalga oshirilmoqda. "Tolibon" rahbariyati a’zosi Abdul G‘ani Baradar va "Tolibon" harakati delegatsiyasi vakillari allaqachon Qatar poytaxtiga yetib borgan.
Ma’lumot uchun, Afg‘onlararo tinchlik muzokaralari joriy yilning 12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada boshlanadi.
Avvalroq, Afg‘oniston Hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida muzokaralarni boshlash uchun 5 ming nafar tolib ozod qilingani haqida xabar bergan edik.
Joriy yilning 29 fevral kuni Qatarning Doha shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati o‘rtasida tinchlik sulhi imzolandi.
Imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, AQSH Afg‘onistonda qo‘shinlar sonini 135 kun ichida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha kamaytirish majburiyatini oldi. Agar “Tolibon” mamlakatda hudkushliklarni mutlaqo to‘xtatsa, amerikaliklar o‘z harbiylari va NATO kuchlarini 14 oy davomida olib chiqishda davom etadi. Ushbu harakatlar evaziga toliblar AQSH va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun Afg‘oniston hududidan foydalanishni to‘xtatishi kerak.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi