“Tolibon” 3 nafar Britaniya fuqarosini asirga olgani aniqlandi
Olam
−
02 aprel 2023
9429Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” qo‘lida uch nafar Britaniya fuqarosi asirlikda saqlanmoqda. Bu haqda Britaniyaning gumanitar muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatuvchi “Prezidium Network” notijorat tashkiloti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 53 yoshli shifokor Kevin Kornuell va Qobulda gumanitar xizmatchilar uchun mehmonxonada ishlovchi yana bir Britaniya fuqarosi yanvar oyi boshida “Tolibon” maxfiy politsiyasi tomonidan hibsga olingan.
Hibsga olingan uchinchi britaniyalik 23 yoshli Maylz Routlej bo‘lib, u avvalroq YouTube'da minglab obunachilari oldida yer yuzidagi eng xavfli joylarga zavqlanish uchun sayohat qilishi bilan maqtangan.
Shundan so‘ng, voqea munosabati bilan Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan.
“Biz Afg‘onistonda hibsga olingan Britaniya fuqarolari bilan konsullik aloqalarini ta’minlash, oilalarga yordam ko‘rsatish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni amalga oshirmoqdamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.
“Prezidium Network” vakili Skott Richards “Tolibon”ni voqeaga tushunmovchilik sifatida qarashga va Britaniya fuqarolarini ozod qilishga chaqirgan.
“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan beri Britaniyaning Afg‘onistonda elchixonasi yoki konsulligi yo‘q.
LiveBarchasi