Toliblar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz – Komilov

Jamiyat

image

O‘zbekiston AQSHning Afg‘oniston siyosatiga yuqori baho beradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan o‘tgan uchrashuvdan so‘ngi, OAV xodimlariga bayonotida ma’lum qildi. 

Avval xabar berganimizdek, bugun, 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. 

“Dunyo” axborot agentligining yozishicha, anjumanda jurnalistlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki mamlakat intilishlari yuzasidan savollar bilan murojaat qilgan. 

“AQSHning Afg‘onistonda mavjudligi mintaqada tinchlikni ta’minlash, terrorizm va narkotrafik xavfini kamaytirish imkonini bermoqda. Biz toliblar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Zero, ular ham afg‘on jamiyatining ajralmas qismidir. Afg‘onistondagi urush 40 yildan buyon davom etmoqda va bu mojaroga birgina hujjat imzolash bilan barham berib bo‘lmaydi. Tinchlikka erishish jarayoni uzoq davom etishi mumkin”, deydi Komilov. 

O‘z navbatida, Maykl Pompeo Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini alohida qayd etgan. 

“O‘zbekiston qo‘shni mamlakat sifatida Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. Biz buni yuqori baholaymiz”, dedi u.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Maykl Pompeo

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing