Tokioda jazirama sabab 120 dan ortiq kishi vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning iyul oyida Yaponiyada rekord darajada issiq bo‘lishi oqibatida minglab odamlar shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Nagoyatv” xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, iyul oyida Tokioda jazirama oqibatida 120 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Ularning aksariyati 60 yoshdan oshganlardir. Statistikaga ko‘ra, 37 ming yaponiyalik tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan. O‘tgan oy mamlakat uchun 1898 yildan beri olib borilgan kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘lgan. Harorat o‘rtacha ko‘rsatgichda 2,16 daraja yuqorilagan. 

6 avgust kuni Tokio va Yaponiya g‘arbiy qismida issiq ob-havo haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Poytaxtda harorat +34 darajaga ko‘tarilgan. 

Mahalliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga qaraganda avgust oyida ham harorat pasaymaydi. Yaqin kunlarda harorat Tokioda +35 darajadan ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Yaponiya sog‘liqni saqlash idoralari va sinoptiklar aholi va sayyohlarga uyda qolishni tavsiya qilmoqda.

Zumrad Zaripova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jazirama Tokio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made