Tokio Olimpiadasi sodda ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin
Sport
−
04 iyun 2020
4889Yaponiya hukumati va Tokio Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi koronavirusning global tarqalishi sababli o‘yinlarning soddalashtirilgan versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bugun, 4 iyun kuni Tokio gubernatori Yuriko Koike jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Biz turli xil variantlarni ko‘rib chiqmoqchimiz, ular orasida formatni ratsionalizatsiya qilish va soddalashtirish mavjud. Shu bilan birga, biz fuqarolarimizning tushunishlarini istardik", dedi Koike.
Avvalroq, Yaponiyaning eng yirik gazetasi “Iomiuri” mamlakat rasmiylari Olimpiada o‘yinlarini to‘laqonli formatda o‘tkazishni maqsad qilgani haqida xabar tarqatgan edi. Ammo koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning qiynlashishi tashkilotchilarni soddalashtirilgan O‘yinlarni ko‘rib chiqishga majbur qildi. Manbalarga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlarida qatnashuvchilar soni kamayishi mumkin. Shuningdek, stadionlardagi tomoshabinlar soniga cheklovlar qo‘yiladi.
Yaponiya tomoni nafaqat sportchilar va jamoa a’zolari, balki barcha muxlislar uchun koronavirusga majburiy test o‘tkazish variantini ko‘rib chiqmoqda. Sportchilar joylashadigan Olimpiya shaharchasi tashqarisida harakatlanishiga cheklovlar qo‘yilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga qoldirildi va 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladigan bo‘ldi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar