Tokio-2021: sensatsiyalarga boy tennis bahslari o‘z yakuniga yetdi 

Sport

image

Tokio Olimpiadasining tennis bahslari o‘z yakuniga yetdi. Erkaklar o‘rtasidagi Finalda germaniyalik Aleksandr Zverev rossiyalik Karen Xachanovni mag‘lub etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Dunyoning beshinchi raqamli raketka ustasi Zverev hamda jahon reytingida 25-o‘rinni egallab turgan rossiyalik Xachanov o‘rtasidagi final 6:3, 6:1 hisobi bilan yakunlandi.
Bu har ikkala tennischining faoliyatidagi birinchi Olimpiada edi.

Uchinchi o‘rinni ispaniyalik Pablo Karreno-Busta egalladi. U bronza medali uchun o‘tkazilgan bellashuvda dunyoning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovichni taslim qildi.

Zverev Germaniya tarixida erkaklar o‘rtasida yakkalik bahsarida Olimpiada chempioni bo‘lgan birinchi tennischiga aylandi. Bunga qadar 1988 yilda Steffi Graf ayollar o‘rtasida yakkalikda, 1992 yilda Boris Bekker va Mixayel Steyx juftlikda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Rossiya tennisi tarixida esa faqatgina Mariya Sharapova finalga qadar yetib borgan. 2012 yilgi London Olimpiadasida Serena Uilyams uni mag‘lubiyatga uchratgan. 

Ayollar o‘rtasidagi finalda shveysariyalik tennischi Belinda Benchich chexiyalik Marketa Vondrousovani mag‘lub etib, Tokio Olimpiadasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bronza medal ukrainalik Elina Svitolinaga nasib etdi.

Mark Rosse (1992) yakkalikda, Rojer Federer va Stenislas Vavrinka (2008) juftlik baxslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Novak Jokovich Aleksandr Zverev Karen Xachanov Pablo Karreno-Busta

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing