“Messi emas”. 2023 yilning eng yaxshi sportchisi aniqlandi (video)

Sport

image

Parijda yil yakunida eng yaxshi sportchilarga beriladigan Laureus mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2023 yilda dunyoning birinchi raketkasi, afsonaviy tennischi Novak Jokovich eng yaxshi sportchi deb topildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, u futbolchilar Lionel Messi va Erling Xoland, Mondo Dyuplantis (tayanib sakrash), Noa Lays (sprinting) va Maks Ferstappendan (Formula-1) ustun keldi.

Bu Jokovich faoliyatidagi beshinchi shunday sovrindir. U avval 2012, 2015, 2016 va 2019 yillarda yilning eng yaxshi sportchisi bo‘lgan.

2023 yilda Laureus mukofotini Lionel Messi, 2022 yilda Maks Verstappen, 2021 yilda esa Rafael Nadal qo‘lga kiritgan.

Yilning eng rivojlangan sportchisi uchun mukofot “Real Madrid” futbolchisi Jud Bellingemga topshirildi. “Barselona” futbolchisi Aytana Bonmati “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Novak Jokovich Lionel' Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing