Novak Jokovich tennis bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Dunyoning 2-raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich 47-marta “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirning yarim finaliga chiqdi. Bu haqda  “Sports” xabar berdi.

Jokovich sportdagi faoliyatini yakunlagan shveysariyalik Rojer Federerni ortda qoldirib, yakka tartibda peshqadam bo‘ldi.

Nyu-Yorkdagi AQSH ochiq chempionatida serbiyalik tennischi chorak finalda dunyoning 9-raketkasi amerikalik Teylor Fritsni 6:1, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etgan. Bu bilan Jokovich 13-marta AQSH chempionatining yarim finaliga chiqdi.

Novak Jokovich final yo‘llanmasi uchun amerikaliklardan biri, dunyoning 10-raketkasi Frensis Tiafo yoki 47-o‘rindagi Ben Shelton bilan to‘qnash keladi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tennis Novak Jokovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing